Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 119752
Gallery image 119753
Gallery image 119754
Gallery image 119755
Gallery image 119756
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
10 Apr 2026
18:16

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Tairovna va Kengash kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov “Katta Yalang‘och-ota” mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi”, kommunal xizmat va boshqaruv kompaniyasi mutasaddilari hamda “Madad” NNT vakili ham ishtirok etdi.

Fuqarolar tomonidan kommunal yo‘nalishi, hududni obodonlashtirish va sanitar holatlar yuzasidan savollar berilib, yo‘nalishli takliflar kiritildi. 

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Muyassar Tairovna va Kengash kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov bildirilgan murojaatlarni mutasaddi tashkilot hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda belgilangan qonun doirasida hal etish choralarini ko‘rib chiqdilar.

Ayrim murojaatlar yechimi bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralardan malakali mutaxassis va ekspertlarni jalb etilishi belgilandi.