Barcha yangiliklar
Aholining murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
Gallery image 119698
Gallery image 119699
Gallery image 119700
Gallery image 119701
Gallery image 119702
Gallery image 119703
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
10 Apr 2026
17:57

Aholining murojaati deputat tomonidan o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi, 2-“Qo‘shqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati O.Babayev tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev bilan birgalikda tumanning “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasi aholisining ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati yuzasidan bildirgan murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

🔹O‘rganish davomida 2025-yil 2-mavsum “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan taklif – mahallaning Beshko‘cha, Zebiniso, Al-Farg‘oniy ko‘chalaridagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi.

🔹Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan pudratchi tashkilotga tegishli ko‘rsatmalar berildi.