Barcha yangiliklar
Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi
Gallery image 119643
Gallery image 119644
ABDULLAYEV XAMDAM MURODOVICH
10 Apr 2026
17:35

Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.

Qo‘qon shahar “Charhini ko'prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini Navbahor ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalla fuqarolar yig'ini Navbahor ko'chasida joylashgan “Toshho'ja Eshon” maqbarasi juda eskirib ta'mirtalab holatga kelib qolganligi ushbu holat madaniy meros ob'ektlariga nisbatan e'tiborsizlik ekanligi yuzasidan e'tiroz bildirilib, mazkur “Toshho'ja Eshon” maqbarasini ta'mirlash ishlari qachon olib borilishi yuzasidan murojaat qilindi.

Ushbu murojaat bo'yicha Qo'qon shahar xokimi o'rinbosariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati G.Rasulova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi