Barcha yangiliklar
Hududdagi investitsiyalar holati atroflicha o‘rganildi
Gallery image 119618
Gallery image 119619
Gallery image 119620
Gallery image 119621
Gallery image 119622
Gallery image 119623
Gallery image 119624
Gallery image 119625
Gallery image 119626
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Apr 2026
17:35

Hududdagi investitsiyalar holati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20 – Oltinko‘l saylov okrugi deputati K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev investitsiyalar holatini o‘rganish maqsadida “Semrug‘ Klaster” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik jihozlarning holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, korxona tomonidan mahsulot sifatini yaxshilash va ichki bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Mutasaddilar bilan suhbat jarayonida korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va hudud iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish masalalari muhokama qilindi.