Barcha yangiliklar
Deputat F.Qaxxorova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, muammolar o‘rganildi
Gallery image 119585
Gallery image 119586
Gallery image 119587
Gallery image 119588
Gallery image 119589
Gallery image 119590
ABDULLAYEV XAMDAM MURODOVICH
10 Apr 2026
17:27

Deputat F.Qaxxorova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 9-“Shaldiramoq” saylov okrugi deputati F.Qaxxorova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, muammolar o‘rganildi. 

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muhokamalar olib borildi. Xususan, mahallaning bir qator fuqarolari (Sh.Yunusova, M.Raxmatullayev, M.Ziyayeva va K.Xolmirzayev) tomonidan ko‘p tarmoqli poliklinika tomonidan elektron ro‘yxatga qo‘yilsada, davolash ishlari olib borilmayotganligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. 

Bundan tashqari, turkiston ko‘chasidagi 152-154-uylarning oldidagi transformatorni yangilash kerakli va 100 ta eski simyog‘ochlarni almashtirish kerakligi, Xuvaydo ko‘chasini 500 metr qismini asfltlashtirish yuzasidan murojaatlar qilingan. Yuqoridagi murojaatlar mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib, maznunan ijobiy hal etildi.