Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 119559
Gallery image 119560
Gallery image 119561
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
10 Apr 2026
17:15

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 📌Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev tomonidan “Andijon” MFY hududida jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 

 📄O‘rganish davomida mahallada 6 nafar profilaktik hisobda turuvchi hamda 4 nafar probatsiya nazoratidan qaytgan fuqarolar mavjudligi aniqlanib, ular bilan olib borilayotgan individual ishlar va reja-grafik asosidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. 

✅Shuningdek, joriy yilning 1-choragi yakunlariga ko‘ra, hududda jinoyatchilik holatlari qayd etilmaganligi ma’lum bo‘ldi. 

O‘rganish yakunida profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.