Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rganildi
Gallery image 12544
Gallery image 12545
Gallery image 12546
Gallery image 12547
Gallery image 12548
Gallery image 12549
Gallery image 12550
Gallery image 12551
Gallery image 12552
Gallery image 12553
Gallery image 12554
Gallery image 12555
Gallery image 12556
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
19 Iyun 2024
18:40

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rganildi

Yozgi taʼtilda asosan bolalar, maktab o‘quvchilari dam olish oromgohlariga borishadi. Bugun yozgi oromgohlarda barcha shart-sharoitlar zamon talabiga javob beradigan darajadadir. Ammo besh qo‘l barobar bo‘lmagani kabi barcha bolalar yozgi oromgohlarini ham talabga javob beradi deb bo‘lmaydi. Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari M.Raximov va N.Kiyamov tomonidan, yozgi mavsumda bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlarini o‘rganish o‘tkazishdi. Unga binoan har bir hududning tumanlarida joylashgan hamda oromgohlari yo‘q hududlarning maktab va tashkilotlar binolarida tashkillashtirilgan yozgi dam olish oromgohlarining shart sharoitlari o‘rganilmoqda.

Ishtixon tumanida joylashgan “Quvnoq” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining bolalar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu oromgohning bola sig‘imi 100 kishiga mo‘ljallanganiga qaramasdan 105 nafar dam oluvchini qabul qilgan va ularga dam olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Oromgohda bolalarning yozni mazmunli tartibda o‘tkazishlari uchun sport maydonchasi, 530 dan ziyod turdagi kitoblari bilan kutubxona, internet aloqasi ulangan kompyuter xonasi va bundan tashqari ko‘rik xonalari tashkillashtirilgan. Yoz suvsiz bo‘lmagani kabi katta 2 kunda bir suvi almashadigan bolalar cho‘milish havzasi ham barcha sharoitlari bilan bolalar ixtiyoriga havola etilgan.