Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 119496
Gallery image 119497
Gallery image 119498
Gallery image 119499
Gallery image 119500
Gallery image 119501
Gallery image 119502
Gallery image 119503
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
06 Apr 2026
16:48

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

❇️ Tuman Kengashi deputati Z. Prxonova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi A. Abduraxmonovlar tomonidan Dasht mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

❇️ O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholining muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi tizimli yondashuvlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi alohida ko‘rib chiqilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.