Barcha yangiliklar
Chinoz tumandagi "Yoshlar bog'i" o'rganildi
Gallery image 119437
Gallery image 119438
Gallery image 119439
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
09 Apr 2026
15:48

Chinoz tumandagi "Yoshlar bog'i" o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati A. Arslanov nomidan, Xalq deputatlari tuman Kengash kotibiyati mudiri A.Baxramov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E. Saidov tomonidan ish rejaga asosan tumandagi “Yoshlar bog‘i” hududi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududning obodonlashtirilish holati, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dam olish maskanining umumiy sanitariya va texnik holati tahlil qilindi. Shuningdek, bog‘dan foydalanish samaradorligini oshirish, undagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga, ayniqsa yoshlar uchun qulayliklarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga kiritilishi belgilandi.