Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.📌Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o'rganildi
Gallery image 119340
Gallery image 119341
Gallery image 119342
Gallery image 119343
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
01 Apr 2026
15:23

Chinoz tumani.📌Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashining 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat A.Sadirov nomidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekova tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, tezkorligi va qulayligi alohida e’tiborga olindi. Xususan, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish, navbatlarni boshqarish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish madaniyati sinchkovlik bilan tahlil qilindi. Shu bilan birga, xizmatlardan foydalanuvchi fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari o‘rganildi.