Barcha yangiliklar
Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda
Gallery image 119331
Gallery image 119332
Gallery image 119333
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
31 Mar 2026
15:20

Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida qabul o‘tkazdi.

Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.

Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.