Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
Gallery image 119326
Gallery image 119327
Gallery image 119328
Gallery image 119329
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
31 Mar 2026
15:18

CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"

Ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Davron Teshaboyev tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, ularning atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko'p qavatli uy-joyning yon atroflari sanitariya holati, umumiy foydalanish joylarining saqlanish darajasi, yoritish tizimlarining ishlash holati hamda yerto‘lalarning foydalanishdagi ahvoli tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, yoritish tizimlarini yaxshilash maqsadida deputatlar tashabbusi bilan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.