Barcha yangiliklar








ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
31 Mar 2026
15:16
📌 Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Olimjon Dadajanov va Elyorjon Saidov tomonidan Chinoz tumani hokimligi Qishloq xo‘jaligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, yer resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, qonun talablariga rioya etish holatlari tahlil qilindi. Mas’ullar bilan muloqot davomida sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, qonun ijrosini ta’minlash, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy xabardorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✔️ Qonun ustuvorligi — taraqqiyot kafolati!