Barcha yangiliklar
🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Gallery image 119305
Gallery image 119306
Gallery image 119307
Gallery image 119308
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
10 Apr 2026
15:14

🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

🔹 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Sh.Ramazonova Bog’ibaland MFY Fitrat ko’chasida elektr kuchlanishi o’ta past holda ishlab turganligi bo‘yicha yo‘llagan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan o‘rganib chiqildi. 

🔷O‘rganish jarayonida Kosonsoy tuman elektr ta’minoti “Obodon” uchastka xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda tekshiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Bog‘ibaland MFY Firot ko‘chasida aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortib borganligi sababli elektr tarmog‘ida kuchlanish pasayishi kuzatilgan.

🔹 Hozirgi kunda mazkur masala nazoratga olingan bo‘lib, “Obodon” uchastka xodimlari tomonidan qo‘shimcha ravishda 300 metr masofaga elektr tarmog‘i tortilib, fazalar o‘rtasidagi yuklamalar tenglashtirildi va elektr energiyasi kuchlanishi me’yoriy holatga keltirildi