Barcha yangiliklar
Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi
Gallery image 119291
Gallery image 119292
Gallery image 119293
Gallery image 119294
Gallery image 119295
Gallery image 119296
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Mar 2026
15:09

Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev, Kotibiyat mudiri Asqar Baxramov, deputatlar Mirsoat Mirsodiqov, Himatilla Hafizovlar tumandagi jamoat transportining muntazam harakatlanishi hamda avtobus bekatlarining holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida jamoat transporti qatnovlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, aholiga yaratilgan qulayliklar, bekatlarning sanitariya va texnik holati, shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kuzatilayotgan uzilishlar, bekatlarning ta’mirtalabligi va infratuzilmadagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda transport tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi