Barcha yangiliklar






ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
27 Mar 2026
15:06
Chinoz tumani. Mahalladagi ichki ko'chalar holati o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Xusan Arabbayev "Sutchilar" mahallasi "Qomus" ko‘chasida bo‘lib, hududdagi ichki ko‘chalar yo‘llari hamda yoritish simyog'ochlari holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida ichki yo‘l asfalt qilinmagan holatda ekanligi, yoritish uchun simyog‘ochlar o‘rnatilgani aniqlandi. Shu bilan birga, ko‘cha yoritish tizimini yanada yaxshilash maqsadida elektr tarmoqlarini zamonaviy SIP kabelga almashtirish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.