Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi
Gallery image 119262
Gallery image 119263
Gallery image 119264
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
26 Mar 2026
15:01

Chinoz tumani. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tomonidan tumanning Beshkapa mahallasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli M.Abdusamatova joriy yilning yanvar–fevral oylarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, oilalarda ajrimlarning oldini olish, erta tug‘ruq holatlarini kamaytirish hamda aholi o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom ona” shiori ostida targ‘ibot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida 3 nafar ayol ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirilgan. Bu boradagi ishlar aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.