Barcha yangiliklar
Taxiatoshda yirik IT loyiha: mayning va zamonaviy data markaz qurilishi boshlandi
Gallery image 119224
Gallery image 119225
Gallery image 119226
Gallery image 119227
Gallery image 119228
Gallery image 119229
Gallery image 119230
Gallery image 119231
Gallery image 119232
Gallery image 119233
Gallery image 119234
Gallery image 119235
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
10 Apr 2026
14:47

Taxiatoshda yirik IT loyiha: mayning va zamonaviy data markaz qurilishi boshlandi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat mudiri A.Matniyazov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Djangabayev hamda Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipovlar bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi — mayning va zamonaviy data markaz qurilishi bilan tanishdi.

🇺🇿 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida amalga oshirilmoqda.

💸 Loyiha haqida qisqacha:

▪️ umumiy qiymati — taxminan 3,5 mlrd AQSh dollari

▪️ zamonaviy data markaz va mayning infratuzilmasi

▪️ yuqori quvvatli hisoblash imkoniyatlari

▪️ yangi ish o‘rinlari yaratish

🌐 Ushbu loyiha hududda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni kengaytirish va innovatsion muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

🤝 Tashrif davomida deputat Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar bilan uchrashib, quyidagi masalalarni muhokama qildi:

▪️ mahalliy aholini ish bilan ta’minlash

▪️ qurilish ishlarida mahalliy kadrlar ishtirokini kengaytirish

▪️ loyihani samarali va sifatli amalga oshirish

📈 Ta’kidlanishicha, mazkur investitsiya loyihasi:

▪️ hududning investitsion jozibadorligini oshiradi

▪️ zamonaviy texnologiyalarni joriy etadi

▪️ iqtisodiy o‘sishga kuchli turtki beradi

🇺🇿 Taxiatosh — innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar sari qadam tashlamoqda!