Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
Gallery image 119211
Gallery image 119212
Gallery image 119213
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
17 Mar 2026
14:38

Chinoz tumani. Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Asqar Baxramov tumandagi "Hamza" mahallasida mahalla “yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Jarayonda, xususan, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar–fevral oylarida Hamza MFYda 11 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Shuningdek, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 190 mln so‘m kredit ajratilib, jami 22 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari, norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) va MCHJ shaklida faoliyatlarini qonuniylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunida ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.