Barcha yangiliklar
Milliy qadriyatlar — millat ko‘rki
Gallery image 119158
Gallery image 119159
Gallery image 119160
Gallery image 119161
Gallery image 119162
Gallery image 119163
Gallery image 119164
Gallery image 119165
Gallery image 119166
Gallery image 119167
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
10 Apr 2026
14:03

Milliy qadriyatlar — millat ko‘rki

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Milliy qadriyatlar — millat ko‘rki: Uchtepada madaniy tadbir o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ishtirokida Uchtepa tumanida joylashgan “Seul Eko bog‘i” hududida “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida “Yoshlar milliylikni sevadi” nomli keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📝 Mazkur tadbir haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanayotgani bilan uyg‘un holda o‘tkazilib, unda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy o‘zlikka hurmat va faxr tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda keng jamoatchilik, yoshlar, ijodkorlar va hunarmandlar faol qatnashdilar.

📁 Jarayon davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar, sahnaviy chiqishlar va milliy liboslar namoyishi orqali xalqimizning boy madaniy merosi yorqin aks ettirildi. Ishtirokchilar milliy an’analarni bevosita his etish, ularni qadrlash va davom ettirish zarurligini yana bir bor angladilar.

🔎 Tadbir davomida tashkil etilgan barcha jarayonlar katta qiziqish bilan kuzatilib, har bir lahza yuksak kayfiyat, milliy g‘urur va birlik ruhida o‘tdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)