Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 119131
Gallery image 119132
Gallery image 119133
Gallery image 119134
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
10 Apr 2026
13:31

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

🤝 Bekat mahallasida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini nazorat qilish maqsadida bugun tuman deputati Eldor Otaboyev hamda mahalla faollari bilan birgalikda jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazdi.

💬 O‘rganishlar davomida mazkur obyekt qurilish ishlarining yakuniy bosqichiga yetib kelgani aniqlandi. Hozirgi kunda binoda santexnika tizimlarini o‘rnatish, ichki pardozlash hamda isitish-sovutish tizimlari bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda.

✅ Shartnoma shartlariga muvofiq, rekonstruksiya ishlari 2026-yil 30-aprel sanasiga qadar yakunlanishi belgilangan.