Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 119007
Gallery image 119008
Gallery image 119009
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Apr 2026
11:30

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududdagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilindi.

Unda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish, shuningdek, tadbirkorlik va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

Guruh a’zolari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.