Barcha yangiliklar
Suv ta’minoti nazoratda: Deputat "Termiz temir yo‘l suv ta'minoti"ga e'tibor qaratdi
Gallery image 118935
Gallery image 118936
Gallery image 118937
Gallery image 118938
Gallery image 118939
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
09 Apr 2026
10:46

Suv ta’minoti nazoratda: Deputat "Termiz temir yo‘l suv ta'minoti"ga e'tibor qaratdi

⏺Ushbu korxona shahrimizning “Temiryo‘lchi”, “Chegara” hamda “Shifokor” mahallalarini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

💬Deputat korxona rahbariyati bilan suhbatlashib, suv ta’minoti sifatini oshirish, tarmoqlardagi nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi. Ayniqsa, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va ularga tezkor yechim topish masalasi ta’kidlandi.

🫥O‘rganish yakunida korxona rahbariyatiga suv yo‘qotilishini kamaytirish va suv bosimini me’yorlashtirish bo‘yicha muhandislik yechimlarini ishlab chiqish tavsiya etildi hamda aholi bilan ishlashda murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.