Barcha yangiliklar
🔰Sayyor qabul.
Gallery image 118871
Gallery image 118872
Gallery image 118873
Gallery image 118874
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
10 Apr 2026
10:30

🔰Sayyor qabul.

🔸Hududlarda o‘rganishlar va aholining eʼtirozlari, muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar milliy agentligi Jizzax shahar bo‘limi rahbari N.Mamatkulovlar bilan birgalikda “Madaniyat” MFY fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi. 

🔸 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan, elektr energiya, ichimlik suvi, nogironlik nafaqasi hamda sog‘ligini tiklash kabi masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi. 

🔸 Fuqarolarga, muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib hamda ularni hal etilishi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar ijrosi yuzasidan deputat tomonidan nazoratga olindi.