Barcha yangiliklar
Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Gallery image 118822
Gallery image 118823
Gallery image 118824
Gallery image 118825
Gallery image 118826
Gallery image 118827
Gallery image 118828
Gallery image 118829
Gallery image 118830
Gallery image 118831
Gallery image 118832
Gallery image 118833
Gallery image 118834
Gallery image 118835
Gallery image 118836
Gallery image 118837
Gallery image 118838
Gallery image 118839
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
10 Apr 2026
09:48

Yoshlarni sport bilan shug‘ullanishida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi vakillari hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan hamkorlikda tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, aholining, ayniqsa yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sport tadbirlarini tizimli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Xususan, tuman Sport maktabida yaratilgan sharoitlar, sport zallari, inventarlar holati, murabbiylar faoliyati hamda yosh sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, muassasada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham muhokama qilindi. 

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yuzasidan xulosa qilinib, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi belgilandi.