Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Gallery image 118636
Gallery image 118637
Gallery image 118638
Gallery image 118639
Gallery image 118640
Gallery image 118641
Gallery image 118642
Gallery image 118643
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
09 Apr 2026
19:12

Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda

Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda

👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda “Yangiobod” mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

⚖️Mazkur sayyor qabulda tegishli tashkilot va muassasa mutaxassislari ham ishtirok etib, fuqarolardan kelib tushgan ariza va murojaatlar batafsil tinglandi.

💬 Qabul davomida fuqarolarning muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 🗣Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

⏺ Bunday sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirib, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

#Xudoyqulova #Muhammadiyev 

#Uchrashuv #Sayyor_qabul