Barcha yangiliklar
Yangiobod tumanining Sovot mahallasida aholi bilan sayyor qabul oʻtkazildi
Gallery image 12441
Gallery image 12442
Gallery image 12443
Gallery image 12444
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
14 Iyun 2024
18:58

Yangiobod tumanining Sovot mahallasida aholi bilan sayyor qabul oʻtkazildi

Tadbir avvalida mahalla infratuzilmalarini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga to‘xtalib, bu ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilishi to‘g‘risida ta’kidlandi.

Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda suv tarmoqlarini yaxshilash sohasidagi istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal, sog‘liqni saqlash, kredit olish va shu kabi boshqa turli sohalarda 10 dan ortiq murojaat va takliflar tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.