Barcha yangiliklar
Mo‘jiza istirohat bog‘ining bugungi holati deputatlar tomonidan o'rganildi
Gallery image 118509
Gallery image 118510
Gallery image 118511
Gallery image 118512
Gallery image 118513
Gallery image 118514
Gallery image 118515
Gallery image 118516
Gallery image 118517
Gallery image 118518
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
09 Apr 2026
18:11

Mo‘jiza istirohat bog‘ining bugungi holati deputatlar tomonidan o'rganildi

Paxtakor tumani hududida joylashgan Mo‘jiza istirohat bog‘ining bugungi holati Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova, D.Do'squlova hamda yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan o‘rganildi. Tashrif davomida hududdagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar, jumladan, tozalik, yoritish va yashil hududlarni parvarishlash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bolalar uchun tashkil etilgan arg‘imchoq va o‘yin maydonchalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda nazorat ishlari davom ettirilishi bildirildi.