Barcha yangiliklar
Muborak tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
Gallery image 118413
Gallery image 118411
Gallery image 118412
Gallery image 118414
Gallery image 118415
KENJAYEVA DILFUZAXON MANSUROVNA
09 Apr 2026
17:39

Muborak tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

Bugun Muborak tumani Politexnikumida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida bir qator tashkilot va korxonalar hamda xususiy bandlik agentliklari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi raisi N. Yusupov, kotibiyat mudiri A. Qurbonov, bosh mutaxassis T. Avezov hamda deputatlar O. Abdiyeva, N. Komilova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi B.Choriyevlar qatnashib, tumandagi ishsiz yoki band bo‘lmagan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqarolarga mavjud ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan dasturlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka aholining, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.