Barcha yangiliklar
#nazorat #tahlil
Gallery image 118368
Gallery image 118369
Gallery image 118370
Gallery image 118371
Gallery image 118372
Gallery image 118373
Gallery image 118374
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
09 Apr 2026
17:25

#nazorat #tahlil

Olmaliq shahrida "mahalla yettiligi" faoliyatini takomillashtirish va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasidagi o‘rganishlar tizimli davom etmoqda. Navbatdagi manzilli o‘rganish Abdulla Avloniy mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Mazkur jarayonlar quyidagi muhim hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda:

🔹O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori;

🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni.

🔍 Asosiy e’tibor — uslubiy ko‘mak va hamkorlikka

Ishchi guruh tarkibidagi Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda deputatlar Sayfiddin Subanov, Shodiya Alijonova, Abdujabbor Djurayev, Zuhra Pulatovalar mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyatini tahlil qildilar.

O‘rganish davomida asosiy urg‘u quyidagi masalalarga qaratildi:

📉 Dasturlar ijrosi: Hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari ijrosini nazorat qilish;

🤝 Samarali hamkorlik: Mahalladagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish;

💡 Uslubiy ko‘mak: Mahalla mas’ullariga aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va bandlikni ta’minlashda amaliy va uslubiy yordam berish.

✍️Xulosa va natija:

Muloqot yakunida har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi, muammolarni "mahallaning o‘zida" hal etish tizimini jonlantirish zarurligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan "yettilik" a’zolariga qonuniy tavsiyalar berilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Nematullayeva

✅Xalq roziligi — faoliyatimizning oliy mezonidir!