Barcha yangiliklar
Saylovchilar murojaatlari — e’tibor markazida!
Gallery image 118221
Gallery image 118222
Gallery image 118223
Gallery image 118224
Gallery image 118225
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
09 Apr 2026
16:19

Saylovchilar murojaatlari — e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati tomonidan deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa saylovchilar bilan ishlashda qulayliklar yaratish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi. Jumladan, saylovchilar muammolarini tizimli ravishda qayd etish uchun maxsus daftar joriy qilinib, belgilangan tartibda barcha deputatlarga tarqatildi.

Mazkur daftar orqali deputatlar o‘z saylov okruglaridagi aholi murojaatlari, muammo va takliflarni aniq va tartibli ravishda ro‘yxatga olib boradi. Bu esa muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, xalq manfaatlarini ta’minlash va ochiqlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.