Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 118200
Gallery image 118201
Gallery image 118202
Gallery image 118203
Gallery image 118204
Gallery image 118205
Gallery image 118206
Gallery image 118207
Gallery image 118208
Gallery image 118209
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
09 Apr 2026
16:18

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida “Amir Temur — adolat va qudrat timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda tuman deputatlari Zafar Alimov hamda Eldor Erkaboyevlar ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.

Tadbir davomida Amir Temurning:

🔹 markazlashgan davlatni barpo etishdagi beqiyos xizmatlari;

🔹 hikmatli o‘gitlari va ibratli hayot yo‘li;

🔹 o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ular orqali buyuk ajdodimizning jasorati, donoligi va davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati yanada jonli tasvirlandi. Ushbu chiqishlar yig‘ilganlarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirib, milliy merosimizni chuqurroq anglashga xizmat qildi.