Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
Gallery image 118193
Gallery image 118194
Gallery image 118195
Gallery image 118196
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
10 Mar 2026
16:13

CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh mutaxassisi I.Bektoshevlar  bilan birgalikda tumandagi Paxtaobod MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) va yerto‘lalari holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarda tartib-intizomni mustahkamlash, doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari ko‘p qavatli uy-joylarda qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etadi.