Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 118189
Gallery image 118190
Gallery image 118191
Gallery image 118192
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
09 Apr 2026
16:10

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Margʻilon shahar hokimining 2026-yil 3-apreldagi 79-11-168-Q/26-sonli qarori ko‘rib chiqildi. Mazkur qarorga muvofiq, shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ini tayinlash masalasi deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Komissiya yig‘ilishida davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash, qarorlar ijrosini qat’iy nazorat qilish va aholining ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mazkur qaror yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, navbatdagi sessiyaga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.