Barcha yangiliklar
Sport maktabining faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 118167
Gallery image 118168
Gallery image 118169
Gallery image 118170
Gallery image 118171
Gallery image 118172
Gallery image 118173
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
08 Apr 2026
16:00

Sport maktabining faoliyati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining aprel oyiga mo‘ljallangan media-rejasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati S.Ramatjonov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish bo‘yicha tuman Sport maktabida olib borilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida Sport maktabida bugungi kunda 1269 nafar o‘quvchilar ta’lim va tarbiya olayotganliklari, ularning 745 nafari sportning gimnastika, taekvando, kurash, dzyudo, boks turlari bo‘yicha O‘zbekiston, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari, Osiyo chempionatlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganliklari, ularga 47 nafar trener-o‘qituvchilar ta’lim va tarbiya berib kelayotganliklari ma’lum qilindi.

🔷Shuningdek, sport maktabida bolalarni futbol, boks, gimnastika, stol tennisi, basketbol, kurash, taekvоndo sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.