Barcha yangiliklar
DAVLAT TILI TO'G'RISIDA"GI QONUN IJROSI AMALDA
Gallery image 118077
Gallery image 118078
Gallery image 118079
Gallery image 118080
Gallery image 118081
Gallery image 118082
Gallery image 118083
Gallery image 118084
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
09 Apr 2026
15:13

DAVLAT TILI TO'G'RISIDA"GI QONUN IJROSI AMALDA

Davlat tilining nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, rasmiy ish yuritishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom etmoqda. 

Jumladan, Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. BEGMATOVA, Kengash deputati Y. SAFAROV, tuman hokimining Ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi X. SIDIKOVlar tomonidan Zomin tumani Soliq inspeksiyasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

Monitoring jarayonida inspeksiya faoliyatida qo‘llanayotgan barcha rasmiy ish hujjatlari, buyruqlar, xizmat yozishmalari, shuningdek, tashkilot hududidagi bannerlar, ko‘rgazmali axborot vositalarida davlat tilining imlo normalari va uslubiy me’yorlarga to‘liq rioya etilganligi sinchiklab ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ayrim texnik va imloviy kamchiliklar aniqlanib, ular bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi hamda ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish vazifasi yuklatildi.