Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi DMTTda yaratilgan shart-sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunning hududdagi ijrosi yuzasidan keng qamrovli monitoring o‘tkazildi.
Gallery image 118018
Gallery image 118019
Gallery image 118020
Gallery image 118021
Gallery image 118022
Gallery image 118023
Gallery image 118024
Gallery image 118025
Gallery image 118026
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
09 Apr 2026
15:08

Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi DMTTda yaratilgan shart-sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunning hududdagi ijrosi yuzasidan keng qamrovli monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz sharoitlar, guruh xonalarining zamonaviy jihozlanganligi, oziqlantirish, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy va o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud infratuzilma va undan samarali foydalanish darajasi ham tahlil qilindi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning mehnat faoliyati, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga amal qilinishi holati alohida e’tiborga olindi.

O‘rganish davomida muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.