Barcha yangiliklar
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
Gallery image 118013
Gallery image 118014
Gallery image 118015
Gallery image 118016
Gallery image 118017
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
09 Apr 2026
15:07

Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda

✅ Tuman Kengashi deputati A.Sirojiddinovning tashabbusi hamda homiylar ko‘magi asosida Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalalarini hal etish borasida amaliy ishlar olib borildi.

✅ Xususan, mahalla hududidagi Tezob ko‘chasining 330 metr qismi to‘liq asfaltlashtirilib, yo‘l qatnovi uchun qulay va xavfsiz holatga keltirildi. Mazkur ishlar natijasida nafaqat transport vositalari harakati yaxshilandi, balki piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun ham qulay sharoit yaratildi.

Amalga oshirilgan ushbu loyiha hudud aholisining uzoq yillik muammolaridan birini bartaraf etishga xizmat qilib, ko‘chaning obodonlashuvi va mahallaning umumiy infratuzilmasi yanada yaxshilanishiga zamin yaratdi.