Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan Jizzax viloyati suv ta’minoti AJ Zomin tuman filialiga qarashli oqova suv inshootlarida keng qamrovli monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Gallery image 118005
Gallery image 118006
Gallery image 118007
Gallery image 118008
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
09 Apr 2026
15:06

Tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan Jizzax viloyati suv ta’minoti AJ Zomin tuman filialiga qarashli oqova suv inshootlarida keng qamrovli monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Monitoring davomida oqova suv inshootlarining umumiy texnik holati, mavjud uskunalarning ishlash samaradorligi, tozalash jarayonlarining amaldagi talablarga muvofiqligi hamda inshootlardan foydalanish darajasi batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, oqova suvlarni tozalash bosqichlari, ekologik me’yorlarga rioya etilishi va atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish darajasi ham alohida tahlil qilindi.

Bundan tashqari, inshootlarda mavjud infratuzilma holati, xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi va ish jarayonlarining tashkil etilishi ham ko‘zdan kechirildi.