Barcha yangiliklar
Dehqon bozorida narx-navolar o‘rganildi.
Gallery image 117992
Gallery image 117993
Gallery image 117994
Gallery image 117995
Gallery image 117996
Gallery image 117997
Gallery image 117998
Gallery image 117999
Gallery image 118000
Gallery image 118001
Gallery image 118002
Gallery image 118003
Gallery image 118004
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
09 Apr 2026
15:06

Dehqon bozorida narx-navolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev, tuman Kengashi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan tumandagi dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷 Mazkur o‘rganish davomida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, bozordagi mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda sanitariya holati tahlil qilindi. Shuningdek, savdo rastalarida mahsulotlar sifati, ularning saqlanish sharoiti va gigiyenik talablarga rioya etilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.

🔷 Deputatlar tomonidan bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan bozor ma'muriyatiga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, tuman Kengashi deputati R.Yegitaliyev tomonidan bozor ma’muriyati xodimlariga mavjud holat yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.