Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 117952
Gallery image 117953
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
06 Apr 2026
15:02

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tuman Kengashi deputati G.Maxsudova mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi. Ayniqsa, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Profilaktika inspektori tomonidan fuqarolarga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilib, jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, shuningdek, ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan profilaktik ishlar, xonadonma-xonadon o‘rganishlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash borasidagi faoliyat yuzasidan tushuntirishlar berildi.