Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Gallery image 117938
Gallery image 117939
Gallery image 117940
Gallery image 117941
Gallery image 117942
Gallery image 117943
Gallery image 117944
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
18 Mar 2026
14:52

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

Termiz tumani Kengashi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari va ijtimoiy tarmoqlar uchun mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Seminar davomida Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri yoritish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda axborotni tezkor yetkazish masalalari muhokama qilindi.

shuningdek, deputatlik faoliyati va sessiyalarni mazmunli yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

yakunida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga yaqinlikni oshirish va ochiqlikni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.