Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 117822
Gallery image 117823
Gallery image 117824
Gallery image 117825
Gallery image 117826
Gallery image 117827
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Apr 2026
14:22

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari J.Usmonov va M.Ismoilxo'jayeva ishtirokida tumanning Obod va Mustaqillik mahallalari saylovchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan batafsil axborot berildi, hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilindi. 

Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘tarildi  

-Mustaqillik MFY Marifat ko‘chasi 1 ko‘p qavatli uy yoniga tandirxona qurish. 

-Mahalla hududida yig‘ilgan sizot suvlarini chiqarish. 

-Ko‘kaldosh ko‘chasini asfaltlashtirish. 

Shu kabi masalalarda murojatlar tushdi 

Bildirilgan murojatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Pul mablag‘lari talab etiladigan masalalar esa tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi, va natijalari keyingi uchrashuvlarda saylovchilarga yetkazib berilishi bo‘yicha kelishib olindi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.