Barcha yangiliklar
YOSHLAR MASLAHATI YOSHLAR MANFAATI UCHUN
Gallery image 117820
Gallery image 117821
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
09 Apr 2026
14:18

YOSHLAR MASLAHATI YOSHLAR MANFAATI UCHUN

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan samimiy va konstruktiv muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuvda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-208-V-sonli qarori hamda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadlariga hamohang tarzda tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, yoshlar muammolarini monitoring qilish va "mahallabay" ishlash tizimini takomillashtirish, "Yoshlar daftari" jamg‘armasi orqali ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar samaradorligini oshirish masalalari muxokama qilindi. 

Yoshlarimizning har bir taklifi biz uchun muhim. Zero, maslahat guruhlarining asosiy vazifasi – yoshlar ovozini qaror qabul qiluvchi organlarga yetkazishdir! – deb ta’kidladi yoshlar bilan uchrashuvda Kengash raisi, deputat P.Ro‘ziboyev. 

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan o‘z hududlaridagi infratuzilmani yaxshilash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid 10 dan ortiq yangi loyihalar ilgari surilar ekan "Biz yoshlarni shunchaki tinglovchi emas, balki shahar boshqaruvidagi real hamkorlarimiz deb bilamiz," — deya yakun yasadi shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev.