Barcha yangiliklar
“Degrizlik” mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi
Gallery image 117784
Gallery image 117785
Gallery image 117786
Gallery image 117787
ABDULLAYEV XAMDAM MURODOVICH
09 Apr 2026
12:39

“Degrizlik” mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 14-“Degrizlik” saylov okrugi deputati O.Bozorov tomonidan “Degrizlik” mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuvda O'zbekiston Ekologik partiyasi shahar kengashi raisi A.Akbarov hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muhokamalar olib borildi. Xususan, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, ijtimoiy sohadagi masalalar hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek deputat qabulida Valixon to‘ra ko‘chasidagi eskirgan sim yog‘ochlarni almashtirish, A.Jomiy ko‘chasi 1-tor 11-uyda yashovchi 2-gurux nogironi A.Qodirovni oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish, masalalarida deputatlik so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi.