Barcha yangiliklar
Termiz tumani “Orol” MFYda olib borilayotgan ishlar yuzasidan
Gallery image 117745
Gallery image 117746
Gallery image 117747
Gallery image 117748
Gallery image 117749
Gallery image 117750
Gallery image 117751
Gallery image 117752
Gallery image 117753
Gallery image 117754
Gallery image 117755
Gallery image 117756
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
12 Mar 2026
12:01

Termiz tumani “Orol” MFYda olib borilayotgan ishlar yuzasidan

Termiz tumani “Orol” MFYda olib borilayotgan ishlar yuzasidan

Orol mahallasida sug‘orish va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi.

Deputat N.Ruziyeva hamda bosh mutaxassis T.Murodov o‘rganishlar davomida “Orol” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan navbatdagi ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, hududda sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida 2,5 km ichki ariqlarni betonlash yoki lotok o‘rnatish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Hozirgi kunda ariqlar qazilib, betonlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida ham qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, foydalanish muddati o‘tgan va eskirgan beton ustunlarni zamonaviy yangi beton ustunlarga almashtirish uchun zarur bo‘lgan beton ustunlar hududga olib kelingan bo‘lib, bu boradagi ishlar ham izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganish jarayonida hudud aholisi tomonidan bildirilgan ayrim muammolar ham tinglandi. Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida o‘rganish natijalari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi yuzasidan taklif bildirildi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sug‘orish tizimini yaxshilash hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.