Barcha yangiliklar
ДЕПУТАТ ГУРУХИНИНГ МАНСАБДОР ШАКС ЭШИТУВИ
Gallery image 12362
Gallery image 12363
Gallery image 12364
Gallery image 12365
Gallery image 12366
Gallery image 12367
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
13 Iyun 2024
11:13

ДЕПУТАТ ГУРУХИНИНГ МАНСАБДОР ШАКС ЭШИТУВИ

DEPUTATLIK GURUHINING MANSABDOR SHAXS ESHITUVI

O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan "Deputatlik guruhi" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yigilishda “Adolat” SDP deputatlik guruhi deputatlari O.A.Dadajonova, N.M.Isakov, F.S.Mirzayev, A.I.Alobidinov, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.A.Karimovlar ishtirok etdilar. 

Ushbu mansabdor shaxs eshituvida:

1. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

2. Farg‘ona tumani Tibbiyot birlashmasida 2024-yilning 5 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi mas’ullarning hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘ycha tuman hokimi o‘rinbosari X.Abdug‘aniyeva va tuman Tibbiyot birlashma rahbarlari hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibida eshitilgan masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.