Barcha yangiliklar
Payshanba – Yoshlar kuni: Termiz tumanida sport musobaqalari o‘tkazildi
Gallery image 117681
Gallery image 117682
Gallery image 117683
Gallery image 117684
Gallery image 117685
Gallery image 117686
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
05 Mar 2026
11:48

Payshanba – Yoshlar kuni: Termiz tumanida sport musobaqalari o‘tkazildi

Payshanba – Yoshlar kuni: Termiz tumanida sport musobaqalari o‘tkazildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanib, bu kunda mas’ul rahbarlar mahallalar, maktab va texnikumlarga borib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning fikr va takliflarini eshitib, muammolarini hal etish vazifalari topshirilgan.

Mazkur tashabbus ijrosi doirasida bugun Termiz tumanida ham “Yoshlar kuni” tadbirlari tashkil etildi. Xususan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan tadbirlar yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka va minifutbol bo‘yicha sport musobaqalari bilan boshlandi.

Tadbirda Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov va tuman prokurori Yodgor Bozorov shunindek Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov, deputatlar Sh.Norsayev va A.Abdullayev ishtirok etib musobaqalar jarayoni bilan tanishdi hamda yoshlarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.