Barcha yangiliklar
Yoshlar uchun yangi imkoniyat – xorijiy tillarni bepul o‘ituvchi kurslar faoliyat boshladi
Gallery image 117667
Gallery image 117668
Gallery image 117669
Gallery image 117670
Gallery image 117671
Gallery image 117672
Gallery image 117673
Gallery image 117674
Gallery image 117675
Gallery image 117676
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
05 Mar 2026
11:47

Yoshlar uchun yangi imkoniyat – xorijiy tillarni bepul o‘ituvchi kurslar faoliyat boshladi

Yoshlar uchun yangi imkoniyat – xorijiy tillarni bepul o‘ituvchi kurslar faoliyat boshladi

Prezidentimiz joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida hokimlarga yoshlarbop savdo-servis loyihalarni qilish, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish vazifalari yuklangan (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7038).

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tumanida yoshlar uchun ingliz va yapon tillarini bepul o‘qitish kurslari o‘z faoliyatini boshladi. "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida mazkur o‘quv kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov ishtirok etib, o‘quv kurslariga jalb etilgan yoshlar bilan muloqot qildi. Tuman rahbari ushbu kurslar doimiy asosda faoliyat yuritishi, yoshlar mutlaqo bepul ta’lim olishi, o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlar esa mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanishini ta’kidladi. Marosimda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov, deputatlar Sh.Norsayev va A.Abdullayev hamda mas'ullar shtirok etdi.

Shuningdek, kelgusida o‘quv kurslari faoliyatini yanada kengaytirish, talab yuqori bo‘lgan nemis, fransuz, koreys va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha ham mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Mazkur kurslarda nafaqat Termiz tumani, balki viloyatimizning boshqa hududlaridagi yoshlar ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun yoshlardan o‘z mahallasidagi Yoshlar yetakchisiga murojaat qilishlari so‘raladi.