Barcha yangiliklar
Deputatlik faoliyati
Gallery image 117599
Gallery image 117600
Gallery image 117601
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
09 Apr 2026
10:59

Deputatlik faoliyati

   Joriy yilning 8-aprel kuni xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati D. Po‘latov "Do‘stlik" mfy hududida joylashgan Madaniyat markaziga tashrif buyurdi. 

Bu yerda madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Atadjanov ishtirokida madaniyat bo‘limi jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda bo‘limning issiqlik tizimini ta’mirlash, hamda zamonaviy sovutkichlar bilan ta’minlanganligi, buning uchun tuman hokimligi, moliya bo‘limi va deputatlarga minnatdorchilik bildirildi. Shu bilan birga ish rejasidagi tadbirlarni, ularni tashkil etishda zarur asbob uskunalar, liboslar va albatta sifatli ish tashkil etish borasida suhbatlashildi.

Madaniyat markazi zali va xonalari, hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Hudud deputati tomonidan o‘zini takliflari berilib,jamoa tomonidan bildirilgan muammolarni yechimini ma’sullarga yetkazib, chora ko‘rishlikka kelishildi. 

Ijtimoiy obyektlarni o‘rganish davom etmoqda.

  🇺🇿Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi